Buyurtmani o‘zgartirish va qayta ishlash

Bu yerda buyurtma ma’lumotlarini tuzatish, kerakli amalni tanlash va bog‘liq hujjatlarni tekshirish tushuntiriladi.

Kontragentdan buyurtmaga qaytish · Bo‘limni ochish

Umumiy ma’lumotlarni tahrirlash

Umumiy ro‘yxatda buyurtma menyusini ochib, Tahrirlash ni tanlang. Xaridor, ombor, holat va boshqa ma’lumotlarni tekshiring. O‘zgarishlarni saqlash uchun Saqlash, ularsiz chiqish uchun Bekor qilish ni bosing.

Tarkib ustidagi hujjat raqamli tugma kontragent, ombor, QQS va valyuta haqidagi qisqa ma’lumotlarni yoyib ko‘rsatadi. Qiymatlarni o‘zgartirish uchun ro‘yxatdagi Tahrirlash buyrug‘idan foydalaning.

Saqlangan buyurtma ma’lumotlarini tahrirlash

Hujjat menyusi

Umumiy ro‘yxatdagi buyurtma menyusi

Buyruq Vazifasi
Ochish Buyurtma tarkibiga o‘tish.
Hujjatlarni chop etish Buyurtmaning chop etish shakllari bilan ishlash.
Tahrirlash Umumiy ma’lumotlarni o‘zgartirish.
O‘chirish uchun belgi qo‘yish Keraksiz hujjatni o‘chirish uchun belgilash.

Bog‘liq hujjatlar

Buyurtma tarkibidagi uch nuqtali Yana menyusida Qidiruv, Excel/CSV dan import qilish va Asosida yaratish mavjud. Oxirgi bandda Hujjat. "Kontragentga jo'natish" va "Kontragendandan qaytarish" hujjati taklif etiladi.

Buyurtma asosida bog‘liq hujjat yaratish buyruqlari

Buyurtmani odatiy bajarishning keyingi bosqichi — jo‘natishni rasmiylashtirish. Uni saqlash va o‘tkazishdan oldin topshirilayotgan tovarlarning haqiqiy tarkibi va miqdorini tekshiring: ular amaldagi operatsiyaga mos kelishi kerak. Qaytarish xaridor qaytarayotgan tovar uchun ishlatiladi. Menyuda bu buyruq borligi har bir buyurtma uchun qaytarish kerakligini anglatmaydi.

Jo‘natishni tanlaganda buyurtmadagi korxona, ombor va kontragent ko‘chirilgan shakl ochiladi. Sana, Narx turi va boshqa ma’lumotlarni aniqlashtirib, saqlang. Yaratilgan hujjatdagi ko‘chirilgan tovar satrlarini tekshiring. O‘quv misolida buyurtmadan WSL-0000001 jo‘natish hujjatiga bitta tovar pozitsiyasi ko‘chirilgan.

O‘quv buyurtmasi ma’lumotlari bilan ochilgan jo‘natish shakli

Natijani tekshirish

Ro‘yxatga qayting. Kod, kontragent, ombor, valyuta, summa va holatni solishtiring. Tarkibni qayta ochib, tovarlarni tekshiring. Shundan so‘ng buyurtmani tashkilotingizdagi tartib bo‘yicha jo‘natishga tayyorlash uchun mas’ul xodimga topshirish mumkin.