4.3. Hisobotlar

Ushbu bo‘lim bajarilgan sotuvlar ro‘yxatini ko‘rish imkonini beradi. Oynaning yuqori qismida Z-hisobotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Pastki qismida tanlangan Z-hisobotga tegishli cheklar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Tugmalar tavsifi:

Nomi Tavsifi
Shakllantirish Yuqori jadvalda tanlangan davr uchun Z-hisobotlarni ko‘rsatadi
Chop etish Tanlangan Z-hisobotni printerda chop etadi
Chekni ko‘rish Tanlangan chekni ko‘rish va chop etish uchun alohida oynada ochadi
Chekni chop etish Tanlangan Z-hisobotni printerda chop etadi

Ma’lumotlarni davr bo‘yicha filtrlash mumkin. Filtrlashda Z-hisobotning ochilish sanasi hisobga olinadi.

Chekni ko‘rish
"Chekni ko‘rish" oynasida chekning barcha ma’lumotlari ko‘rsatiladi.

Oynaning yuqori qismida chek parametrlari ko‘rsatiladi:

Parametr Qiymat
Chek raqami Dasturdagi chek raqami
TerminalID Fiskal modulning seriya raqami
Umumiy summa To‘lanadigan summa
QQS summasi Chekdagi barcha pozitsiyalar uchun QQS
Sana Chek yopilgan sana va vaqt
Fiskal belgi Fiskal tasdiqlash belgisi
Chegirmalar summasi Chekdagi barcha chegirmalar yig‘indisi
Turi Sotuv yoki qaytarish cheki
FM chek raqami Fiskal moduldagi chek raqami
To‘langan Chek bo‘yicha to‘langan summa

Yuqoridagi "Pozitsiyalar" jadvalida chekdagi tovar pozitsiyalari ko‘rsatiladi.
Pastdagi "To‘lov" jadvalida chek bo‘yicha to‘lov turi ko‘rsatiladi.