Texnik talablar
REGOS: VCR uchun dasturiy va apparat talablari quyidagicha:
- Operatsion tizim: Windows 7/8/10/11. OT uchun eng so‘nggi yangilanishlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Tavsiya etilgan OT: Windows 10/11;
- .NET Framework 4.6.2 versiyasi talab qilinadi;
- Protsessor: x32 yoki x64, takt chastotasi 2 GHz yoki undan yuqori;
- Tezkor xotira: 2 GB yoki undan ko‘p;
- Qattiq disk: 1 GB. Ma’lumotlar bazasining hajmi ma’lumotlar miqdoriga bog‘liq;
- Monitor aniqligi kamida 1024×768;
- Kompyuter uzluksiz quvvat manbai (UPS) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak;
- Tezligi kamida 1 Mbit/s bo‘lgan doimiy Internet aloqasi;
- Tarmoqlararo ekranda (firewallda) quyidagi portlar ochiq bo‘lishi kerak:
- 123 (UDP) — sana va vaqtni sinxronlash;
- 80,443 — litsenziyani tekshirish.
- Chekni chop etish kengligi kamida 58 mm bo‘lgan termoprinter.