4.2. Tovarlar

Ushbu bo‘lim tovarlar ma’lumotnomasi bo‘lib, dasturda chakana savdo uchun mavjud tovarlar ro‘yxatini boshqarish imkonini beradi.



Qidiruv

Qidirish uchun qidiruv satriga kerakli parametrlarni kiriting va “🔍” tugmasini bosing. Mos keluvchi tovar pozitsiyalari asosiy oynada ko‘rsatiladi.

Filtrlash quyidagi maydonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Nomi;
  • Shtrix-kod;
  • Artikul.


Tovar yaratish

Tovarni qo‘lda yaratish uchun “Создать” (Yaratish) tugmasini bosing.

Ochilgan oynada tovar haqida quyidagi ma’lumotlarni kiriting:

  • Kod
  • Nomi
  • Artikul
  • Shtrix-kod
  • Brend
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Narx
  • QQS stavkasi
  • Qadoq
  • Markirovka hisobi
  • Tovarning kelib chiqishi
  • MXIK kodi

Ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng ularni saqlash uchun “Сохранить” (Saqlash) tugmasini bosing.


Markirovka

MXIK qo‘shilganda unda TIF TN kodi mavjudligi tekshiriladi. Kod mavjud bo‘lsa, “Учёт маркировки” (Markirovka hisobi) katagiga avtomatik belgi qo‘yiladi.

Izoh: MXIK tarkibida quyidagi TIF TN kodlari mavjud bo‘lgan tovarlar majburiy raqamli markirovkalanadi:
Tamaki mahsulotlari: 2402209000, 2402100000, 2402201000, 2402900000, 2403110000, 2403191000, 2403199000, 2403910000, 2403991000, 2403999002, 2403999008, 2404110001, 2404110009, 2404120000, 2404190001, 2404190009, 2404910002, 2404910009; ! ! Alkogol mahsulotlari: 2203, 2204, 2205, 2206, 2207, 2208;
Maishiy texnika: 2203, 7321, 8403, 8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521, 8525, 8527, 8528, 8539, 8540, 9405;
Dori vositalari: 3003, 3004;
Ichimliklar: 2009, 2201, 2202.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 737-son qaroriga muvofiq.


MXIK kodi

MXIK — mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi.

MXIK kodi talab qilinadigan tovarlar uchun uni “Код ИКПУ” (MXIK kodi) matn maydonida ko‘rsating. “найти онлайн” (Onlayn topish) tugmasi yordamida tasnif.soliq.uz serverida ham MXIK kodlarini qidirish mumkin.

Oynada quyidagi qidiruv usullari mavjud:

  • Nomi bo‘yicha — tovar nomidagi kalit so‘zlar bilan qidirish;
  • Shtrix-kod bo‘yicha — tovarning shtrix-kodi bilan qidirish;
  • MXIK bo‘yicha — amaldagi kodni topish uchun eskirgan MXIK qiymatini kiriting.

Tovarning MXIK kodi topilgach, kodni tovarga qo‘shish uchun yozuvni ikki marta bosing.

MXIK kodi tasnif.soliq.uz serverlarida topilmasa, uni qo‘lda kiriting. Qo‘shilayotgan yoki tahrirlanayotgan tovar bo‘yicha yetkazib beruvchilarning elektron hisobvaraq-fakturalarida ko‘rsatilgan MXIK kodidan foydalanish tavsiya etiladi.


GS1 yordamida tovar yaratish

Ushbu usul shtrix-kod orqali tasnif.soliq.uz serverlaridan tovar ma’lumotlarini olish imkonini beradi.

Tovar yaratish uchun “Создать GS1” (GS1 orqali yaratish) tugmasini bosing. Ochilgan oynada tasnif.soliq.uz serverlarida tovarni qidirish uchun shtrix-kodni kiriting.

Tovar topilsa, quyidagi ma’lumotlar avtomatik to‘ldiriladi:

  • Nomi
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Shtrix-kod

Qolgan ma’lumotlarni qo‘lda to‘ldiring va “Сохранить” (Saqlash) tugmasini bosing.


Tovarni tahrirlash

Tovarni tahrirlash uchun kerakli pozitsiyani tanlang va “Редактировать” (Tahrirlash) tugmasini bosing.

Ochilgan oynada tovar ma’lumotlarini o‘zgartiring va “Сохранить” (Saqlash) tugmasini bosing.


Tovarni o‘chirish

Tovarni o‘chirish uchun kerakli pozitsiyani tanlang va “Удалить” (O‘chirish) tugmasini bosing.

Ochilgan oynada o‘chirishni tasdiqlash uchun “да” (Ha), bekor qilish uchun “нет” (Yo‘q) tugmasini bosing.


tasnif bilan sinxronlash

“Синхронизировать (с tasnif)” (tasnif bilan sinxronlash) tugmasi soliq shaxsiy kabinetidagi tovarlar ro‘yxati bilan sinxronlash uchun mo‘ljallangan.
Ochilgan “Ввод кода” (Kodni kiritish) oynasida tasnif.soliq.uz saytida yaratilgan kodni kiriting.
Natijada tasnifdagi barcha tovarlar REGOS: VCRga qo‘shiladi.

Kodni olish uchun virtual kassa bog‘langan STIR yordamida shaxsiy kabinetga kiring.
“Номенклатура для онлайн-ККМ” (Onlayn NKM uchun tovarlar) bo‘limida “Получить код” (Kodni olish), keyin “Сгенерировать” (Yaratish) tugmasini bosing.

Izoh: “Синхронизировать (с tasnif)” tugmasi quyidagi tovarlarni qo‘shadi:

  • Kassa raqami (Terminal ID) mos keladigan tovarlar;
  • Kassa raqami ko‘rsatilmagan tovarlar.

Sinxronlangan tovarni tahrirlashda “Синхронизировать (с tasnif)” tugmasi mavjud bo‘ladi. U tanlangan tovar maydonlarini tasnifdagi ma’lumotlar yordamida to‘ldiradi.